Oʻzbekistonda Tesla elektromobillarini qanday ijaraga olish mumkin?

Yurtimizda Teslaʼning eng taniqli 2 brendi: Tesla Model Y va Tesla Model 3ni ijaraga olish yoʻllarini aytib oʻtamiz.

O‘zi Tesla elektromobillarini ijaraga olish mumkinmi? Ha, albatta, faqat bunda turli shartlar, joy va muhlat cheklovi mavjud. Izlanishlarimiz natijasida Toshkent shahrida 2 ta joyda shunday xizmat taqdim etilishini aniqladik. Ularni shartli ravishda 1-ijara usuli va 2-ijara usuli, deb atagan holda koʻrib chiqamiz.

1-ijara usuli (Tesla Model Y uchun):

Bu yerda siz turli avtomobil rusumlari qatorida elektromobillarni ham ijaraga olishingiz mumkin. 

Shartlari:

  • Yosh cheklovi — 25 yoshdan yuqori
  • Haydovchilik guvohnomasi (5 yildan kam boʻlmagan)
  • Mashina uchun “zaklad” — 5 mln soʻm
  • Kunlik yurish limiti — 200 km (undan soʻng har bir masofa uchun qoʻshimcha pul toʻlanadi).
  • 1 kunlik narxi — 3 mln soʻm.

Biroq faqat Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun amal qiladi.

Manba: cityrentcar.uz (instagram).

2-ijaraga olish usuli (Tesla Model 3 uchun):

Shartlari:

  • Yosh cheklovi — 23 yoshdan yuqori
  • Haydovchilik guvohnomasi (3 yildan kam boʻlmagan)
  • Mashina uchun “zaklad” — 4 mln soʻm
  • Kunlik yurish limiti — 200 km (undan soʻng har bir km uchun qoʻshimcha pul toʻlanadi).
  • 1 kunlik narxi — 2 mln soʻm.

Biroq: faqat Toshkent shahri uchun amal qiladi.

Manba: luxcarrental.uz (instagram).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17