O‘zbekistonda premium tarifdagi Kia EV-6 elektromobili uchun buyurtma qilish va narxlari ma’lum qilindi
Avto
25 aprel, 18:30
Elektromobil 2022-yilda Yevropaning “Yil avtomobili” (Car of the Year) unvoniga sazovor boʻlgan. 100 ot kuchi va 255 N·m koʻrsatkichiga ega model uchun Kia 5 yillik kafolat taqdim etadi.

Kia kompaniyasining oʻninchi va eng qimmat modeli hisoblangan Kia EV-6 elektromobili uchun oldindan buyurtma qilish ochilgan.


Keng kuzovli salonida orqa oʻrindiqlarda ham gadjetlarni zaryadlash uchun USB ulagichlari oʻrnatilgan. Bagaj sigʻimini 1300 litrgacha kengaytirish mumkin.


Drive wise texnologiyasiga asoslangan avtomobil yoʻldagi ehtimoliy xavflardan oldin ogohlantirib boradi va zarur holatlarda boshqaruvda haydovchiga yordam beradi. FCA kamerasi va radari yoʻlda paydo boʻladigan yoʻlovchi, transport hamda velosipedlardan ogohlantiradi, zarur boʻlsa, tormozga ham taʼsir qilish funksiyasiga ega.

Kia EV-6 narxi 899 900 000 soʻm.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya

NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle