Oʻzbekistonda eng qimmat Chevrolet Gentra sotildi
Avto
29 aprel, 15:37
Qayta ta’mirlangan Chevrolet Gentra zavoddan yangi chiqqan modellardan ham qimmatroq narxda sotildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonlik avtobloger Ikromov Ibrohim bugungi kunda Oʻzbekistonda eng qimmat, qayta jihozlangan Chevrolet Gentra avtomobili sotilgani haqida xabar berdi.
Shunisi eʼtiborga loyiqki, ushbu mashina interyeri jihatidan butunlay tyuning qilingan, toʻligʻicha zamonaviy uslubda qayta jihozlangan. Mashinada zavodda oʻrnatilgan qismlardan deyarli hech narsa qolmagan. Asosan Malibu va Mercedes-Benz ehtiyot qismlariga almashtirilgan.
Mashinaning narxi 27 500 dollar boʻlib, bugungi kunda bu mamlakatda sotilgan eng qimmat Chevrolet Gentra boʻlib qolmoqda.
Avvalroq boshqa bir yurtdoshimiz deyarli yangi Tico mashinasini Tracker va Captiva narxida sotuvga qo‘ygan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar

Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI

Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto