Oʻzbekiston yoʻllarida 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma ishlamoqda
Avto
23 may, 17:57
Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xodimlarining Chevrolet Lacetti xizmat mashinasi aks etgan video paydo boʻldi.

Respublika YHXX xabar berilishicha, YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat avtomobillariga oʻrnatilgan 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma 20-maydan boshlab Toshkent viloyati avtomobil yoʻllarida ishga tushirilgan.
Yoʻl harakati xizmati xodimining xizmat mashinasi bir vaqtning oʻzida bir nechta qoidabuzarliklarni aniqlashi mumkin:
- oʻzi bilan bir yoʻnalishda va qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan toʻxtash va toʻxtab turish;
- harakatlanish tezligini meʼyoridan oshirish;
- svetoforning taqiqlovchi chirogʻiga amal qilmaslik (toʻxtash chizigʻini bosish);
- yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi;
- yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmaslik;
- yoʻnalishli transportlar harakati uchun moʻljallangan tasmalarga oʻtib harakatlanish yoki toʻxtash tartibi va ushbu tasmada belgilangan talablarni buzish;
- davlat raqam belgisi orqali avtomobil qidiruvda yoki yoʻqligini aniqlaydi.
Bu holatlarning barchasi yoʻlda — haydash paytida sodir boʻladi. Katta ehtimol bilan, mazkur qurilma faqat Gentra va Lacetti modellarida oʻrnatiladi.
Avvalroq yoʻllardagi yangi tezlik cheklovi, maxsus belgilar va 100 km/s ruxsat berilgan hududlar haqida batafsil ma’lumot berilgan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya