Oʻzbekiston yoʻllarida 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma ishlamoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xodimlarining Chevrolet Lacetti xizmat mashinasi aks etgan video paydo boʻldi.

Respublika YHXX xabar berilishicha, YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat avtomobillariga oʻrnatilgan 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma 20-maydan boshlab Toshkent viloyati avtomobil yoʻllarida ishga tushirilgan.

Yoʻl harakati xizmati xodimining xizmat mashinasi bir vaqtning oʻzida bir nechta qoidabuzarliklarni aniqlashi mumkin:

  • oʻzi bilan bir yoʻnalishda va qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan toʻxtash va toʻxtab turish;
  • harakatlanish tezligini meʼyoridan oshirish;
  • svetoforning taqiqlovchi chirogʻiga amal qilmaslik (toʻxtash chizigʻini bosish);
  • yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi;
  • yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmaslik;
  • yoʻnalishli transportlar harakati uchun moʻljallangan tasmalarga oʻtib harakatlanish yoki toʻxtash tartibi va ushbu tasmada belgilangan talablarni buzish;
  • davlat raqam belgisi orqali avtomobil qidiruvda yoki yoʻqligini aniqlaydi.
Bu holatlarning barchasi yoʻlda — haydash paytida sodir boʻladi. Katta ehtimol bilan, mazkur qurilma faqat Gentra va Lacetti modellarida oʻrnatiladi.

Avvalroq yoʻllardagi yangi tezlik cheklovi, maxsus belgilar va 100 km/s ruxsat berilgan hududlar haqida batafsil ma’lumot berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26