Opel Mokka: 2024 yilgi yangi gibrid model haqida bilib oling

100 km uchun 5 litrdan kam yoqilgʻi sarfi

carscoops.com

Yangi Opel Mokka endi yumshoq gibrid shaklda taqdim etildi. U 1,2 litrli uch silindrli turbo benzinli dvigatelning eng kuchli versiyasi bilan jihozlangan boʻlib, uning quvvati 134 ot kuchiga va aylanish momenti 230 Nm ga ega.

Olti bosqichli avtomatik uzatmalar qutisiga 28 ot kuchi va 55 Nm aylanish momentiga ega bitta elektr dvigatel oʻrnatilgan. Kichik 48 V li litiy-ion batareyasi tormozlash paytida avtomatik tarzda zaryadlanadi.

Opel ma'lumotlariga koʻra, yumshoq gibrid tizimi yoqilgʻi sarfini taxminan 20% ga kamaytirib, oʻrtacha 4,9 litr/100 km ga tushiradi. Shuningdek, CO2 chiqindilari elektr motorli boʻlmagan Mokka modelida 137 g/km boʻlgan boʻlsa, gibrid modelda bu 110 g/km gacha kamaytirildi.

Yangi Mokka faqat "yumshoq gibrid" boʻlishiga qaramay, shahar sharoitida past tezlikda harakatlanish vaqtining 50% gachasi faqat elektr energiyasida yurishi mumkin.

Opel Mokka Hybrid hozir Germaniyada 31 915 yevrodan boshlanadigan narxda sotuvda.

Bundan oldin Opelning Oʻzbekistondagi narxlari haqida ma'lumot bergin edik:
https://giglink.uz/avto/opel-narxlari

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17