BYD navbatdagi keskin burilishga tayyorlanmoqda — Xitoy elektromobillari dunyo bozorini zabt etmoqda

Oʻquvchilarimiz Xitoyning elektron gadjetlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqarishni boshlagani haqida yaxshi bilishadi. Xitoyning boshqa bir avtomobil brendi esa geografik qamrovini kengaytirishda astoydil davom etmoqda.

BYD Co.,Ltd. prezidenti Van Chuanfu Pekindagi BYD Dreamcast konferensiyasida Qin gibrid elektromobilini taqdim etmoqda. Reuters.

Xitoyning elektromobillar “yulduzi” reytingi 2022-yilda Teslaʼdan oshib ketdi, maʼlum qilgan Reuters nashri. Kompaniya rahbarlari brendning mazkur yildagi koʻrsatkichlari elektromobil keltirgan sof daromadi oʻtgan yildagidan 1000% koʻproq boʻlganini koʻrsatishini taʼkidlashdi. Birgina 2022-yilning oʻzida 2 million dona avtomobil tayyorlanib, ishlab chiqarish va sotish hajmi 3 barobarga ortdi. Bu esa Xitoyda sotib olingan elektr transport vositalarining chorak qismiga tengdir.

BYD elektromobillari reytingi Xitoy va dunyo bozorida doimo oldingi oʻrinlarda boʻlib kelgan. Guruhning 108 mlrd dollarlik qiymati esa, elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yetarlicha tajribasi boʻlmagan sohada maksimal foyda koʻrayotganini isbotlaydi. Bekorga kompaniya prezidenti Van Chuanfu brend nomini “Senga dollarlar olib kelaman”, deb tarjima qilinadi, deb hazillashmagandi.

Bernshteyn tadqiqoti shuni koʻrsatadiki, Xitoyda 2025-yilga kelib yiliga 6,5 ​​million dona elektromobil yetkazilishi kutilmoqda va ularning koʻpchiligi akkumulyatordan quvvat oladigan boʻladi. BYD kompaniyasining mahsulotlari esa umumiy miqdorning yarmidan koʻprogʻini tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.

Bunday raqobat isteʼmolchilar uchun hozirda ajoyib imkoniyatlar yaratib bermoqda. Chunki brendlar kundan-kunga yangi modellarni ishlab chiqarish, narxlarni pasaytirish va turli xil yangi funksiyalar qoʻshish bilan bozorda ustunlikka erishish uchun tinmay harakatda.

BYD kompaniyasining boshqalar takrorlashi qiyin boʻlgan afzalliklari mavjud. Jefferesning hisob-kitoblariga koʻra, ular ishlab chiqaradigan akkumulyatorlar raqobatbardosh va hamyonbop. BYD shuningdek, taʼminot zanjirlarida harakatlanishga yordam beradigan uskuna ishlab chiqaradi va u dunyo bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25