Ehtiyot boʻling, Tesla yashirin kameralari! Tesla elektromobili odamlarni maxfiy suratga olishi maʼlum boʻldi. Bu nega kerak?

Maʼlum boʻlishicha, 2019-2022-yillar oraligʻida Tesla xodimlari ichki xabar almashish tizimidan foydalangan holda elektromobillarga oʻrnatilgan kameralarda olingan tasvir va videolardan foydalangan. Rasmlardan tayyorlangan kulgili memlar “tor doiralarda” aylangan.

Murojaatchilar Teslaning tajovuzkor xatti-harakatlaridan gʻazabga keldi

Teslaʼning toʻqqiz nafar sobiq xodimi bilan boʻlgan suhbatdan soʻng, Reuters agentligining xabar berishicha, xodimlar tomonidan ulashilgan baʼzi videolarda mijozlar noqulay vaziyatlarda boʻlgan.

Tesla elektromobillari turli xil avtopilot va xavfsizlik xususiyatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun avtomobil atrofida bir nechta kameralar bilan jihozlangan|CarlJohanSveningsson surati, CC BY-SA 4.0 litsenziyasiga ega
Tesla elektromobillari turli xil avtopilot va xavfsizlik xususiyatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun avtomobil atrofida bir nechta kameralar bilan jihozlangan|CarlJohanSveningsson surati, CC BY-SA 4.0 litsenziyasiga ega

Shaxsiy suratlardan tashqari, xodimlar yoʻl-transport hodisalari tasvirlarini ham koʻrishgan va ulashib borgan. Bir sobiq xodimning aytishicha, 2021-yilda haydovchi katta tezlikda velosipedda ketayotgan bolani urib yuborgan YTH videosi Kaliforniyaning San-Mateo shahridagi Tesla ofisida yashin tezligida tarqalgan.

Xodimlar esa mijozlarning turli rasmlarini kulgili belgilar va emojilar ishlatib memlarga aylantirgan.

Tasvirlarning baʼzilari shaxsiy chatda ulashilgan boʻlsa, boshqalari esa “bir nechta” xodimlar tomonidan koʻrilgani xabar qilingan.

Tesla elektromobilida olingan tasvirlar mijoz shaxsini aniqlashga yordam beradi

Tesla oʻzining “Mijozlar maxfiyligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma”sida “kamera tasvirlari anonim boʻlib qoladi va siz yoki avtomobilingizni suratga olmaydi” deb taʼkidlaydi. Biroq, Teslaʼning yetti nafar sobiq xodimi Reutersʼga Teslaʼning ichki kompyuter dasturi mijozlarni osongina aniqlashda foydalanish mumkin boʻlgan joylashuv maʼlumotlarini aks ettirishi mumkinligini aytdi.

“Biz odamlarning garajlari va shaxsiy mulklarini koʻrib turishimiz mumkin edi”, deydi sobiq xodim.

Hammaga maʼlumki, Tesla bosh direktori Elon Mask boshqalar shaxsiy hayotiga aralashishni xush koʻradi. Jeyms Bondning 1977-yilda suratga olingan “Meni sevgan josus” filmidagi noyob Lotus Espirit suv osti kemasini ham aynan Mask 2013-yilda auksionda qariyb 1 million dollarga sotib olgan edi.

Lotus Espirit suv osti kemasi 
Lotus Espirit suv osti kemasi 

Tesla ham, Mask ham Reutersning holat yuzasidan soʻroviga javob bermadi. Reuters, shuningdek, Tesla kompaniyasining sobiq xodimlari tomonidan tasvirlangan birorta ham video yoki tasvirni ololmadi.

Shuningdek, ushbu holat Teslaʼda bugungi kungacha davom etyaptimi-yoʻqmi — nomaʼlum. Baʼzi sobiq xodimlar Tesla va mijoz oʻrtasidagi kelishuvlar asosida olingan, shaxsiy daxlsiz tasvirlarni koʻrganliklarini tasdiqlashgan xolos.

Tesla mijozlari rasmini nima qiladi?

Tesla xodimlarida bunday yashirin kameralarga olingan suratlarni koʻrish uchun juda koʻp sabablar boʻlishi mumkin. Masalan, Tesla avtomobillaridagi AI tizimlari qisman xodimlar tomonidan oʻqitilishi kerak. Buning uchun sunʼiy intellektning odatda insonlar bilan muloqotini oʻrganib, tajriba toʻplash asosida rivojlantirish mumkin. Yashirin tasvirlar esa, eng haqqoniy natijalarni koʻrish imkonini beradi.

Tesla xodimi mijozlarni maxfiyligi saqlanishiga ortiqcha umidvor boʻlganlikda aybladi

Tesla mashinalarining mijozlarni yashirin tasvirga olishi xato ekanligini oqlaydigan xodimlar ham topilar ekan. Ikki sobiq xodim Reutersga bu holat ularni aslo bezovta qilmasligini aytib, mijozlar Teslaga oʻz maʼlumotlarini olishga rozi boʻlgach, nima boʻlishini bilishlari kerakligini va shundan soʻng kompaniyadan maxfiylikni kutmasliklari kerakligini aytdi.

Sentry rejimi maxfiylik uchun alohida xavf tugʻdiradi

Teslaʼning baʼzi funksiyalari, jumladan, “Sentry Mode” ham nafaqat mashina egasini tasvirga oladi, balki mashinaga yaqinlashgan kishilarni ham rasm/videoga olishi mumkin. Haydovchilar esa yozib olingan tasvirlarni oʻzlari koʻrishlari mumkin. Nazariy jihatdan, bu xuddi oʻz uyidan turib qoʻshnining hovlisini tasvirga olishga oʻxshaydi. Bu mavzu Gollandiyaning maʼlumotlarni himoya qilish idorasi (DPA) tomonidan yaqinda oʻtkazilgan Teslaʼning maxfiylik buzilishi boʻyicha tergovida koʻtarilgan edi.

“Ushbu mashinalar yonidan oʻtayotgan odamlar oʻzlari bilmagan holda suratga olingan”, dedi DPA boshqaruv kengashi aʼzosi Katya Mur. “Bu shaxsiy daxlsizlikning jiddiy buzilishidir.“

Oldinroq Giglink.uz Synactiv xakerlar jamoasi Tesla elektromobilini buzib kirib 100 ming dollarni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

AnTuTu 2024 yil oktyabr oyi uchun eng kuchli iOS qurilmalarining reytingini e'lon qildi
Reytingning oxirgi - o'ninchi o'rnida esa iPhone 16 smartfonining ikkita turi (Pro va Pro Max modellari) joy olgan.
Texnologiya
10:09
Instagram yoshni yashirishga qarshi yangi tizim ishga tushirdi
Instagram yoshlarning yoshi haqida yolg'on ma'lumot berishini aniqlash uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda: do'stlarning tug'ilgan kun tabriklari orqali ham haqiqiy yoshni aniqlash mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar
08:51
ChatGPT AI qidiruv tizimi hozircha "Google raqibi" bo'la olmaydi: Kalit so'zlar bilan qidiruv ishonchsiz
Balki kelajakda "Google qotili" bo'lar, lekin bugun emas
AI
06 noyabr, 11:17
iPhone 16, 15 va 14 kameralarining farqlari ko'rsatib berildi
Faqat kamera uchun yangi modelga o'tishning hojati yo'q
Smartfon
06 noyabr, 09:07