Chevrolet Onix krash-testda 5 yulduzga baholandi

Braziliyada ishlab chiqarilgan Chevrolet Onix LatinNCAP krash-testida eng koʻp yulduzlarni qoʻlga kiritdi va xuddi Tracker kabi eng xavfsiz avtomobillardan biri ekanligini isbotladi.

  • Haydovchi va yoʻlovchilarning umumiy himoyasi — 4,2 ⭐️
  • Bolalar oʻrindigʻida bolalarni himoya qilish — 5 ⭐️

Latin NCAP 5 yulduzi

Agar UzAuto Motors ishlab chiqarish texnologiyasini oʻzgartirmasa, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Onix ham xavfsizlik boʻyicha Chevrolet Tracker va undan qimmatroq modellardan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Oʻzbekistonda yigʻilgan “Oniks”ning texnologik tuzilishi va jihozlari Braziliyadagi bilan bir xil — hattoki xavfsizlik yostiqchalari ham Oʻzbekistonga Braziliyadan yetkazib beriladi. Agar ishlab chiqarish texnologiyasi buzilmagan boʻlsa, krash-test natijalari Oʻzbekiston yigʻilishidagi avtomobillarga nisbatan ham tegishli, deb hisoblash mumkin.

Old toʻqnashuv — 16 balldan 11,65 ball

Haydovchi va yoʻlovchi old tomondan toʻqnashuvda 40% ga yetarli darajada himoyalangan.

Bunda haydovchi va yoʻlovchining boʻynini jarohatlardan himoya qilish yaxshiligi koʻringan.

Haydovchining boshi oʻrtacha, yoʻlovchiniki esa yaxshi himoyalangan. Shuningdek, xavfsizlik kamarini cheklash tizimlari haydovchi va yoʻlovchining koʻkrak qafasini yaxshi himoya qildi. Xuddi shunday testda Chevrolet Tracker oʻrtacha koʻkrak qafasi himoyasini koʻrsatgandi, yaʼni, Onix natijasi, baʼzi jihatlari bilan, Trackerʼdan yaxshiroq.

Haydovchi va yoʻlovchining tizzalari asboblar paneli orqasidagi xavfli joylarga tegishi mumkinligi sababli minimal himoyalangan.

Frontal zarba paytida tananing tagligi biroz deformatsiyalangan, bu esa oyoqlar uchun umumiy qabul qilinadigan himoyani taʼminladi. Kuzov ham kutilgan shikastlanishlarni oldi va uning tuzilishi barqaror deb baholangan.

Ustunga yondan urilish

Boshqa avtomobil bilan yonma-yon toʻqnashuv: Yon xavfsizlik yostiqchalari tufayli Chevrolet Onix bosh, qorin va tos boʻshligʻini yaxshi himoya qiladi va haydovchi hamda yoʻlovchining koʻkragini yetarli darajada himoya qiladi.

Biroq, qattiq monolit toʻsiqqa (masalan, ustunga) urilganda yoʻlovchining koʻkragi yomon himoyalangan, ammo boshi, oshqozoni va tos suyagi yaxshi himoyalangan.

Tracker ham ushbu testda eng yaxshi natijalarni koʻrsatgandi.

Bolalar oʻrindigʻida bolalarni himoya qilish

3 yoshli bolalar oʻrindigʻi ISOFIX himoyalari va tayanch oyogʻi bilan orqaga qarab oʻrnatilgan hamda old tomondan zarbadan yaxshi himoyalangan.

Yon zarbada mashina bolalar oʻrindigʻidagi bolani yaxshi himoya qildi.

Onix salonda bolalarni himoya qilish borasida 5 yulduzga ega boʻldi, standart sifatida ikkala orqa tashqi oʻrindiqlarda yuqori bogʻlangan ISOFIX himoyasi mavjud.

Onix Crash testi natijalari

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Onixʼni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishda General Motors standartlari buzilishi kuzatilmasa, u UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan eng xavfsiz avtomobillardan biri hisoblanadi va bu borada Chevrolet Trackerʼdan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi.

Eslatib oʻtamiz, bunday yuqori xavfsizlik parametrlarini taʼminlash uchun haydovchi va yoʻlovchilar himoya qoidalariga amal qilishi kerak.

Lekin Oʻzbekistonda keng tarqalgan xavfsizlik kamari biriktirgichlaridan (заглушка) foydalanilsa, haydovchi yoki yoʻlovchi kamar taqilmagan holatda ochilgan havo yostigʻi tufayli qoʻshimcha jarohatlar olishi mumkin.

Avvalroq Chevrolet Tracker halokatga chidamlilik testidan 5 ballga baholangandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35