Chevrolet mutlaqo yangi Equinox modelini namoyish qildi

Yangi Chevrolet Equinox hozirda AQShda sotilayotgan modeldan butunlay farq qiladi.

Xitoy sanoat vazirligi yangi Chevrolet Equinoxʼni namoyish etdi. Mazkur model nomi Oʻzbekistonda ancha mashhur.

2017-yildan beri mavjud boʻlgan hozirgi Shimoliy Amerika versiyasi eskirib bormoqda va mazkur Xitoy versiyasi, ehtimol, keyingi avlod AQSh modeliga aylanadi.

MIIT veb-saytida eʼlon qilingan fotosuratlar AQShda 2025-yilda ishlab chiqarilishi mumkin. Prototiplar vaqtinchalik faralarga ega boʻlsa-da, ularning joylashuvi bir xil ekanligini koʻrishingiz mumkin. Bundan tashqari, Xitoyga moʻljallangan krossover radiatori bir xil panjara dizayniga ega va kaput konturi ham bir xil.

Endi Equinox koʻproq Chevrolet Blazerʼni eslatib yuboradi. Shuningdek, krossover yangi chiroqlar bilan jihozlangan va yon oynalari ham oʻzgargan.

Model Xitoy va AQSh standartlari boʻyicha ixcham krossoverligini saqlab qoladi. Xitoy versiyasining kapoti ostida 170 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbo dvigatel boʻladi.

Dunyoning ikkinchi eng koʻp aholisi boʻlgan mamlakatda sotiladigan navbatdagi Equinox uzunligi 4,653 millimetr (183,1 dyuym) va eni 1,902 mm (74,8 dyuym) boʻladi. Trim darajasiga qarab va tom relslari boʻlgan yoki boʻlmasdan uchta turli balandliklar keltirilgan: 1710 mm,1712 mm va 1714 mm.

Chevy krossoverining gʻildirak bazasi 2730 mm va ogʻirligi spetsifikatsiyaga qarab 1550 kg yoki 1620 kg ni tashkil qiladi. Bu yerda tasvirlangan versiya 170 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbo benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Bu 118 milya maksimal tezlik uchun yetarli.

Xitoy modeli, ehtimol, yaqin oylarda rasmiy ravishda paydo boʻladi, ammo uning amerikancha versiyasi kelasi yilgacha, maksimum 2025-yilda ishlab chiqarilishi mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04