Alif Shop orqali endi avtomobil xarid qilish mumkin

Alif Shop orqali endi islomiy moliyalashtirish tamoyillariga mos holda qulay va shaffof shartlarda avtomobil xarid qilish mumkin.

Endi Alif mijozlari uchun ishonchli yetkazib beruvchidan qulay va shaffof shartlarda avtomobil xarid qilish imkoniyati mavjud. Bu shartlar islomiy moliyalashtirish tamoyillariga to‘liq mos keladi.

Alif kompaniyasi BYD Samarqand rasmiy dileri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu hamkorlik orqali mijozlar BYD brendining eng ommabop avtomobillarini Alif Nasiya shartlari asosida sotib olishlari mumkin.

Avtomobilni muddatli to‘lov orqali xarid qilish endi onlayn tarzda ham mumkin. Buning uchun Alif Shop savdo sayti yoki ilovasi orqali "Elektromobillar" bo‘limiga kirish kifoya.

Alif kompaniyasi allaqachon birinchi avtomobilni Alif Nasiya shartlari asosida sotdi. Toshkentlik mijoz BYD Chazor avtomobilini butun va sog‘-salomat holda qabul qildi. Yetkazib berish va sug‘urta qilish bo‘yicha barcha xavflarni Alif kompaniyasi o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 iyul, 11:47
Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07