40 yoshli VAZ-2106 yangi Malibu XL narxida sotuvga qoʻyildi

Yana bir oʻzbekistonlik oʻzining 40 yoshli VAZ-2106 rusumli mashinasini 40 000 dollarga baholagan. Avtomobilning jami yurgan masofasi esa 850 kilometrni tashkil qiladi.

OLX onlayn-platformasiga joylangan eʼlonda mashina uchun soʻralgan summa ayniqsa eʼtiborni tortadi.

Lekin mashina tarixi bilan tanishganda, “temir ot” bu pulga arziydiganga oʻxshaydi: model 1983-yilda ishlab chiqarilgan va oʻshandan beri deyarli ishlatilmagan hamda yangi holatda saqlangan. Hattoki usta koʻrmagan, deyish ham mumkin.

Mashina Samarqand viloyatida sotilmoqda. Avtomobilning Italiya yoʻllari uchun moʻljallanganligi ham qiziq. 

Mashina egasining soʻzlariga koʻra, “Jiguli” holati juda yaxshi boʻlib, narxi 40 000 dollar, aniqrogʻi Oʻzbekistonda yangi Chevrolet Malibu puliga baholanmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23