Suratga olishda iPhoneʼni ortda qoldiradigan oddiy Android smartfoni

DxOMark kompaniyasining nufuzli ekspertlari 2024-yil boshida eng yaxshi kamerali telefonlar roʻyxatini maʼlum qildi.

Smartfonlar juda koʻp turli xil xususiyatlarga ega, ularning har biri u yoki bu darajada sotib olayotganda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ulardan biri tasvirga olish imkoniyatlaridir.

Yangi ro‘yxatda Huawei qurilmalari 2024-yil boshida kamerali telefonlar reytingida kuchli ikkilikni egalladi.

Bu safar koʻpchilikni hayron qoldirgan narsa: kamerali telefonlar reytingida yetakchilikni iPhone yoki Samsung emas, balki Huawei qurilmasi — oʻtgan kuzda chiqarilgan Mate 60 Pro+ modeli egallab turibdi. Shu bilan birga, undan keyingi oʻrinni brendning boshqa smartfoni Mate 60 Pro egallagan.

Nega aynan Huawei Mate 60 Pro+?

  • Keng dinamik diapazon, portretlar va landshaftlar uchun ideal ekspozitsiya;
  • Tabiiy ranglarni koʻrsatish, tez va aniq avtofokus;
  • Videoni suratga olishda samarali stabilizatsiya tizimi;
  • Yaxshi blurlash effekti va portret rejimida obyektni fondan aniq ajratish;
  • Oʻzgaruvchan diafragma har bir aniq holat uchun detallar aniqligini sozlash imkonini beradi.
Mate 60 Pro+ ning asosiy xususiyati — but XD Optics texnologiyasini oʻz ichiga olgan innovatsion kamera tizimidir. Unda 48 MP asosiy sensor, 48 MP periskopik telefoto linza (5x optik zum bilan) va 40 MP ultra keng burchakli linzalar mavjud.

Reytingdagi pozitsiyani hisobga oladigan boʻlsak, jiddiy “minuslar” deyarli yoʻqligini anglab yetasiz. Biroq past yorugʻlikdagi video suratga olishda shovqin seziladi va murakkab sahnalarda yuzlar hamda teri ranglarining kontrasti yuqori darajada zoʻr deb boʻlmaydi.

Huawei kamerali telefonlari ortida uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarda iPhone 15 Pro Max va iPhone 15 Pro joylashgan. Shuningdek, DxOMark reytingida Pixel 8 Pro, Oppo Find X6 Pro, Honor Magic 5 Pro, Oppo Find X6 va Vivo X100 Pro joy oldi. Ularning barchasi hatto eng talabchan mobil fotografiya ishqibozlariga ham mos keladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony'dan yangilik: Xperia 1 VI AI kamerasi va kuchli zum imkoniyatlari bilan
Sony Xperia 1 VI, yangi avlod flagman smartfoni, o'yin, audio va displey imkoniyatlariga kuchli e'tibor qaratgan holda taqdim etildi.
Smartfon
16 may, 11:59
Apple yangi katta yangilikka muhtoj: Tim Kukda gʻoyalar tugab qolgan
Yillar davomida yangi iPhone kabi mahsulotlar boʻlmasligi aniq boʻldi. Apple apparat kompaniyasi hisoblanadi va Kuk bozorda shov-shuvli miqyosdagi boshqa mahsulotni chiqara olmadi.
Texnologiya
15 may, 18:20
Yangi Cobalt qachondan sotuvga chiqishi ma'lum boʻldi
Yangilangan Cobalt 2025 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning ichki dizayni va tashqi koʻrinishi hamda narxi hozircha noma'lum.
Avto
14 may, 12:29
OpenAI yangi GPT-4o modelini ishga tushirdi: ovozli suhbatlar yanada ravon, bepul foydalanish mumkin.
2024-yil 13-may kuni, OpenAI o‘zining yangi GPT-4o modelini e’lon qildi, bu model kelgusi haftalarda OpenAI mahsulotlariga bosqichma-bosqich kiritiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.
AI
14 may, 06:57