Oddiy komikslar yaratishga yordam beradigan 5 ta AI vositalari

Komikslar yaratishni istaydigan, lekin kerakli koʻnikmalarga ega boʻlmaganlar uchun eng yaxshi AI vositalarini quyida tavsiya qilamiz.

Hammamiz Marvel komikslarini yaxshi bilamiz va yoshlar orasida komikslarga boʻlgan qiziqish ham tobora ortib bormoqda. Agar siz komiks nima ekanligini haligacha bilmasangiz, sodda qilib aytadigan boʻlsak, komisk — bu rasmlar orqali hikoya qilinadigan janr.

Bunda voqealar matn emas, balki illyustratsiyalar orqali “aytib beriladi”. Bu janr Amerika va Yevropa davlatlarida, shuningdek, kunchiqar mamlakatlarda ham mashhur.

Matn va rasmlardan iborat kontentni yaratish uchun Internetda koʻplab sunʼiy intellekt vositalari mavjud. Kuchli tasvirlar va personajlar yaratish haqida gap ketganda, ular katta yordam berishi mumkin.

Ammo zarur materiallar (obrazlar, tasvirlar) yaratganingizdan keyin hech narsani tahrir qilmasdan oddiy komikslar yaratish uchun sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanishingiz mumkinligini bilasizmi?

Mage.space 160 dan ortiq modellari mavjud boʻlgan sunʼiy intellekt yordamida tasvir yaratish onlayn platformasidir. Ushbu vosita sunʼiy intellekt yordamida har xil turdagi tasvirlarni yaratish uchun ajoyib tanlov hisoblanadi. Biroq, dastur mukammal emas va baʼzi kamchiliklari boʻlgan tasvirlarni yaratishi mumkin.

Faqat bunda buyruqni toʻgʻri kiritibgina oddiy komikslarni yarata olasiz. Natija sizga yoqishi aniq. Agar buyruqlar borasida qiynalsangiz, ChatGPTʼdan foydalanishingiz mumkin: u sizga kerakli va toʻgʻri buyruqlarni tuzib beradi.

Fantoons — bu sunʼiy intellekt yordamida ishlaydigan tasvir generatori, ammo u boshqa shu kabi platformalardan biroz farq qiladi. Veb-sayt sizga tanlash uchun variantlar roʻyxatini taqdim etadi. Bularga fandom, qahramon, uslub va koinot kiradi.

Yaratish tugmasini bosganingizda rasm yaratiladi. Keyin yozuv qoʻshish va sozlash uchun “Keyingi” tugmasini bosing. Nihoyat, rasmingizni yaratish uchun Publish tugmasini bosing.

Shuni aytish kerakki, barcha natijalarni bitta darajadagi komikslar deb hisoblash mumkin. Shu sababli, mazkur saytda tasvirlarni yaratib, yanada murakkab komikslar hosil qilish uchun natijalarni birlashtirishda bepul fotosuratlarni tahrirlash dasturidan foydalanishingiz mumkin.

Storywizard.ai — bu sunʼiy intellekt yordamida individual oʻrgatuvchi veb-sayt. Toʻgʻri buyruqlar bilan siz undan ancha uzun, ammo oddiy koʻp sahifali komikslar yaratishda foydalanishingiz mumkin.

Ishni boshlash uchun veb-saytda “Hikoya yaratish” tugmasini bosing. Keyin bir nechta kalit soʻzlarni kiriting va u siz uchun toʻliq hikoya yaratadi.

AI Comic Factory — bu SDXL yordamida sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan komiks tuzuvchi veb-sayt. Ushbu veb-ilovada buyruq yaratish juda oddiy boʻlib, asosan qisqa koʻrinishda yuboriladi. Bunda umumiy atamalardan foydalanishingiz va turli uslublarni tanlashingiz mumkin.

Shuningdek, izohlarni yoqish va oʻchirish va oʻzingizga yoqmagan panellarni qayta chizishingiz mumkin.

Plugger.ai oddiy komikslar yaratish uchun koʻplab modellarni taklif qiladi. Uning foydalanuvchi interfeysi biroz ChatGPTʼga oʻxshaydi: taklif boʻlimi va yaratish tugmasi oʻrniga u chat formatidan foydalanadi.

Unda LazrPop XL, Niji Special Edition SDXL, ComicCraft va boshqa koʻplab uslublarni tanlashingiz mumkin. Shuni taʼkidlash kerakki, platforma har oy atigi 30 ta bepul kredit beradi. Oyiga beshdan oʻn beshgacha rasm yaratishi mumkin.

AI generatorlari hatto eng oddiy buyruqlar bilan ham ajoyib sanʼat asarlarini yaratishni osonlashtiradi. Biroq, baʼzi onlayn AI vositalari maʼlum turdagi natijalar uchun koʻproq mos keladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony'dan yangilik: Xperia 1 VI AI kamerasi va kuchli zum imkoniyatlari bilan
Sony Xperia 1 VI, yangi avlod flagman smartfoni, o'yin, audio va displey imkoniyatlariga kuchli e'tibor qaratgan holda taqdim etildi.
Smartfon
16 may, 11:59
Apple yangi katta yangilikka muhtoj: Tim Kukda gʻoyalar tugab qolgan
Yillar davomida yangi iPhone kabi mahsulotlar boʻlmasligi aniq boʻldi. Apple apparat kompaniyasi hisoblanadi va Kuk bozorda shov-shuvli miqyosdagi boshqa mahsulotni chiqara olmadi.
Texnologiya
15 may, 18:20
Yangi Cobalt qachondan sotuvga chiqishi ma'lum boʻldi
Yangilangan Cobalt 2025 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning ichki dizayni va tashqi koʻrinishi hamda narxi hozircha noma'lum.
Avto
14 may, 12:29
OpenAI yangi GPT-4o modelini ishga tushirdi: ovozli suhbatlar yanada ravon, bepul foydalanish mumkin.
2024-yil 13-may kuni, OpenAI o‘zining yangi GPT-4o modelini e’lon qildi, bu model kelgusi haftalarda OpenAI mahsulotlariga bosqichma-bosqich kiritiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.
AI
14 may, 06:57