iPhone 16 Pro Max suratlari paydo boʻldi

Suratda iPhone 16, iPhone 16 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max namoyish etildi. Smartfonlar joriy yilning sentyabr oyida taqdim etiladi

Xitoylik insayder Ice Universe iPhone 16 seriyasining toʻrt modelining barcha fotosuratlarini e'lon qildi. Manba bu smartfonlar haqiqiymi yoki maketlarmi ekanligini aniqlamagan, lekin ular tashqi koʻrinishi jihatidan bir-biridan farq qilmaydi.

Rasmda koʻrsatilishicha, iPhone 16, iPhone 16 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max ekranlari mos ravishda 6.1, 6.7, 6.3 va 6.9 dyuymli boʻladi, ya'ni bu safar professional smartfonlar kattaroq boʻladi.

Dizayn haqida gapiradigan boʻlsak, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max'ni orqa tomondan iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max'dan ajratib boʻlmaydi. Lekin iPhone 16 va iPhone 16 Plus kamera bloki dizayni oʻzgaradi.

Agar hammasi reja boʻyicha ketadigan boʻlsa, Apple ushbu yangi mahsulotlarni 2024 yil sentyabr oyida taqdim etadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony'dan yangilik: Xperia 1 VI AI kamerasi va kuchli zum imkoniyatlari bilan
Sony Xperia 1 VI, yangi avlod flagman smartfoni, o'yin, audio va displey imkoniyatlariga kuchli e'tibor qaratgan holda taqdim etildi.
Smartfon
16 may, 11:59
Apple yangi katta yangilikka muhtoj: Tim Kukda gʻoyalar tugab qolgan
Yillar davomida yangi iPhone kabi mahsulotlar boʻlmasligi aniq boʻldi. Apple apparat kompaniyasi hisoblanadi va Kuk bozorda shov-shuvli miqyosdagi boshqa mahsulotni chiqara olmadi.
Texnologiya
15 may, 18:20
Yangi Cobalt qachondan sotuvga chiqishi ma'lum boʻldi
Yangilangan Cobalt 2025 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning ichki dizayni va tashqi koʻrinishi hamda narxi hozircha noma'lum.
Avto
14 may, 12:29
OpenAI yangi GPT-4o modelini ishga tushirdi: ovozli suhbatlar yanada ravon, bepul foydalanish mumkin.
2024-yil 13-may kuni, OpenAI o‘zining yangi GPT-4o modelini e’lon qildi, bu model kelgusi haftalarda OpenAI mahsulotlariga bosqichma-bosqich kiritiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.
AI
14 may, 06:57