20 yil oldin Apple 1 000 dollarlik aksiyasini sotib olganingizda, hozir qancha daromadga erishgan boʻlardingiz?
Yillik 60 milliard dollar sof foydaga ega kompaniya aksiyalari so‘nggi 2 yilda tushdi. Biroq bu vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Zero Apple 21-asrning aksiyalari eng ko‘p daromad keltirgan kompaniyalar 30 taligiga kiradi.
Hammasi vaqtinchalik
Oʻtgan yili yaxshigina pastga qulagan Apple (AAPL) aksiyalari bu yil keskin tiklandi, biroq har doim eng qimmat yurgan aksiyalar hozircha nisbatan past koʻrsatkichda savdo qilinmoqda.
Apple aksiyalari 2023-yil boshidan beri qariyb 19 foizga oshgan boʻlsada (S&P 500 5,8 foizga oshgani bilan solishtirganda), hali ham 2022-yildagi rekord tushishdan taxminan 17 foizga pastroq boʻlmoqda. Shu bilan birga, Appleʼning bozor kapitallashuvi 2,97 trillion dollardan 2,45 trillion dollarga tushib, aksiyadorlik qiymatidan yarim trillion dollardan koʻproq mablagʻ yoʻqotdi (kiplinger.com).
Bu Apple “pirogidan” kechroq ulush olganlar uchun ogʻriqli tanlov boʻlgani aniq, chunki uzoq yillardan beri kompaniyaga sarmoya kiritib kelayotgan aksionerlar foydasi kamomadidan bir necha oʻn barobar koʻp boʻlib kelgan.
1990-yil yanvaridan 2020-yil dekabrigacha AAPL aksiyalari aksiyadorlarga 2,67 trillion dollar daromad keltirdi, bu yillik stavka 23,5% ni tashkil etdi, maʼlum qilgan W.P. Carey universitetining moliya professori, Xendrik Bessembinder.
Darhaqiqat, Bessembinderning naqd pul oqimlari, biznesdan chiqish va boshqa tuzatishlar uchun moslashtirilgan fond bozori qiymatining oshishini hisobga olgan xulosalariga koʻra, Apple soʻnggi 30 yildagi eng yaxshi 30 ta aksiyalar qatoriga kiradi.
O‘n yillikning eng yuqori aksiyalari
Toʻgʻri, AAPL aksiyalari narxi 21-asrning dastlabki bir necha yillarida oʻzgarmay qoldi, ammo innovatsion inqiloblar tez orada bunga chek qoʻydi. Marhum Stiv Jobsning rahbarligi ostida Apple oʻzini iPod, MacBook va iPad kabi inqilobiy gadjetlari bilan kompaniya obroʻsi hamda qiymatini keskin koʻtarib yubordi.
Appleʼni dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyaga aylantirgan va aksiyalari narxini oshirgan ilk sabab — 2007-yilda iPhone debyuti boʻlgan edi.
Bugungi kunda Apple shunchaki gadjetlar yetkazib beruvchisi emas — kompaniya shaxsiy maishiy elektronika va tegishli xizmatlarning butun ekotizimini sotadi.
Uorren Baffet iPhone ishlab chiqarishni Berkshire Hathawayʼning (BRK.B) “uchinchi biznesi” deb atadi va Apple muxlislarining ajoyib brendga sodiqligini ularning aksiyalarga sarmoya kiritish sabablaridan biri sifatida keltirdi (Apple kompaniyasi Berkshire Hathaway aksiyalari portfelining deyarli 39 foizini tashkil qiladi).
Ajoyib texnologik kompaniya Downing 30 ta elita aksiyalaridan biri sifatida tanlangani ajablanarli emas. 2015-yilda Apple Dow Jones Industrial Average reytingida AT&T(T) oʻrnini egalladi.
Apple aksiyalarining kelajagi qanchalik porloq?
Oxirgi yigirma yil ichida Apple aksiyalarining umumiy daromadi (narx oʻzgarishi va dividendlar) 69 000% dan ortiq yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 38% dan koʻproqni tashkil etdi.
Yuqoridagi jadvaldan koʻrishingiz mumkinki, agar siz 20 yil oldin Apple aksiyalariga 1000 dollar sarmoya kiritganingizda edi, bugungi kunda sarmoyangiz hajmi 695 000 dollardan oshib ketgan boʻlardi (1 daqiqa sukut saqlashingiz mumkin).
Taqqoslash uchun, S&P 500 indeksiga kiritilgan 1 000 dollar nazariy jihatdan 7 300 dollardan sal koʻproqqa aylanishi mumkin edi.
Dunyoning bir chekkasida shunday ajoyib imkoniyat boʻlgan ekan-u, men undan bebahra qolibman, endi-chi, sarmoya kiritsak kech emasmi, deb soʻrasangiz:
Uoll-strit javobi shunday: S&P Global Market Intelligence tomonidan kuzatilgan 45 ta Apple aksiyalari tahlilchilaridan 25 tasi kompaniya aksiyalarini “kuchli xarid qilish”, toʻqqiztasi “sotib olish” va toʻqqiztasi “ushlab turish” deb baholagan.
Bir tahlilchi aksiyaga kamdan-kam uchraydigan “sotilish” reytingini, boshqasi esa “kuchli sotish” reytingini beradi.
Ayni damdagi koʻrsatkichlar esa, oʻrtacha 169 dollarlik maqsadli narxdagi AAPL aksiyalari keyingi 12 oy ichida taxminan 10% ga koʻtarilishi mumkinligini koʻrsatmoqda.
Avvalroq Giglink.uz Apple kompaniyasi nega minglab MacBookʼlarni metallolomga chiqarib yuborishi sirini ma’lum qilgandi.