Zilzilani real vaqtda onlayn kuzatib borish xizmatlari

Sayyoramizda sodir boʻlayotgan zilzila holatlarini onlayn kuzatib borish mumkin. Mazkur xizmat bepul va undan istalgan vaqt foydalana olasiz.

Ayni kunlarda dunyo boʻylab sodir boʻlayotgan voqealar barchamizni sergaklikka undaydi. 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida roʻy bergan 7,8 va 7,5 balli ikkita kuchli zilzila natijasida mamlakat janubi-sharqi va qoʻshni Suriya shimolida minglab turarjoy binolari vayron boʻlgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada 3381 dan ortiq, Suriyada esa 1400 dan ortiq kishi halok boʻlgan, ikki mamlakatda 20 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya prezidenti 12-fevralga qadar mamlakatda milliy motam eʼlon qildi. 

Internet boʻylab Yer seysmik holatini koʻrsatib boradigan turli xizmatlar mavjud. Ularda maʼlumotlar real-time yangilanib boradi. Earthquake Track sayti shulardan biri — https://earthquaketrack.ru/

Saytda berilgan online-xarita orqali silkinish yuz bergan hududlar, magnitudasi, vaqti va chuqurligini koʻrish mumkin. Xizmatning rus tilidagi versiyasi ham mavjud. Shuningdek, tabiiy ofatga uchragan hudud siz joylashgan manzildan qanchalik uzoqda ekanligini ham aniqlash mumkin.

Misol uchun, 7-fevral kuni eng yuqori seysmik silkinish Turkiyada qayd etilgan. Zilzila magnitudasi esa, 5,5 ni tashkil etgan.

Saytda global seysmik faollik “ekstremal, favqulodda” deb koʻrsatilgan boʻlib, bunga Turkiya davlatida sodir boʻlayotgan zilzilalar asos boʻlmoqda.

Shuningdek, ingliz tilini biladiganlar uchun ham yana bir sayt mavjud boʻlib, taniqli ilmiy hamjamiyatga tegishli USGS Earthquake Hazards Program xizmati ham bor.

Mazkur saytning ishlashi ham Earthquake Trackʼnikiga oʻxshash — https://earthquake.usgs.gov/earthquakes/map/

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony'dan yangilik: Xperia 1 VI AI kamerasi va kuchli zum imkoniyatlari bilan
Sony Xperia 1 VI, yangi avlod flagman smartfoni, o'yin, audio va displey imkoniyatlariga kuchli e'tibor qaratgan holda taqdim etildi.
Smartfon
16 may, 11:59
Apple yangi katta yangilikka muhtoj: Tim Kukda gʻoyalar tugab qolgan
Yillar davomida yangi iPhone kabi mahsulotlar boʻlmasligi aniq boʻldi. Apple apparat kompaniyasi hisoblanadi va Kuk bozorda shov-shuvli miqyosdagi boshqa mahsulotni chiqara olmadi.
Texnologiya
15 may, 18:20
Yangi Cobalt qachondan sotuvga chiqishi ma'lum boʻldi
Yangilangan Cobalt 2025 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning ichki dizayni va tashqi koʻrinishi hamda narxi hozircha noma'lum.
Avto
14 may, 12:29
OpenAI yangi GPT-4o modelini ishga tushirdi: ovozli suhbatlar yanada ravon, bepul foydalanish mumkin.
2024-yil 13-may kuni, OpenAI o‘zining yangi GPT-4o modelini e’lon qildi, bu model kelgusi haftalarda OpenAI mahsulotlariga bosqichma-bosqich kiritiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.
AI
14 may, 06:57